Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Jahonning eng boy shaharlari reytingi e’lon qilindi

Jahonning eng boy shaharlari reytingi e’lon qilindi

Henley & Partners kompaniyasi dunyoning eng boy shaharlari reytingini e’lon qildi.

Juda boy 384 500 kishi yashovchi Nyu-York (AQSh) ushbu reytingni boshqarmoqda. Mana shu salkam 400 ming kishining «eng kambag‘ali» 1 mln dollarga ega. Ro‘yxatdagilarning 66 nafari — milliarderlar.

San-Fransisko «Kremniy vodiysi» bilan birgalikda ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Bu shaharda 342 000 kishi rasman boy yoki millioner sanaladi, milliarderlar soni esa 82 nafar (Nyu-Yorkdan ham oldinda).

Boy shaharlar (top-10):

Nyu-York (millionerlar — 384 500 nafar, milliarderlar — 66 nafar)

San-Fransisko (342 000 / 82)

Tokio (292 300 / 18)

Singapur (242 400 / 30)

Los-Anjeles (220 600 / 45)

London (178 000 / 23)

Parij (160 100 / 22)

Gonkong (154 900 / 40)

Sidney (152 900 / 22)

Chikago (127 100 / 25).

Kiritildi: 15:41 10.04.2025. O'qildi: 1574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!