Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Jahongir Otajonov 105 ming dollarlik uyini nega buzib tashlagandi? (+video)

A A A
Jahongir Otajonov 105 ming dollarlik uyini nega buzib tashlagandi? (+video)

Musiqa olamini tark etgan Jahongir Otajonov bilan jurnalist Feruz Muhammad eksklyuziv intervyu tashkillashtirdi.

Jahongir Otajonov suhbat davomida uysiz qolgan davrlari haqida gapirib berdi.

Biz yaxshi, o‘ziga to‘q oilada dunyoga kelganmiz. Otam ham, onam ham ziyoli insonlar. Otam san’atkor edi, to‘ylarga borardi. Biz farzandlarimizni hozir qanaqa o‘stirayotgan bo‘lsak, o‘zimiz ham shunday to‘q o‘sganmiz.

Shunaqa sinov keldiki, qiynalib qoldik. 8-sinfdan keyin o‘qimaslikka majbur bo‘ldik. Bozorda ishladik. U davr o‘tdi. San’atkor bo‘lishni orzu-havas qildik. San’atkor bo‘ldik. San’atkor bo‘lganimdan keyin uyimizga har xil odamlar kela boshlashdi. Uyimiz oddiy, tog‘am bergandilar. Bizga pulsiz bergan edilar. Baribir hisob-kitob qilishimiz kerak edi.

22 yosh edim. Odamlar kelavergach, uyalib, uyni ikki qavatli qilib qurdim. 2000 yillar, yangi chiqqan paytlarim. Uy qurganimdan keyin tushunmovchiliklar boshlandi. Tog‘am pul so‘radi. Bizning rejamiz, masalan, mahalladagi uy 10 so‘m bo‘lsa, biz ham 10 so‘m bersak, bo‘lar qabilida edi.

Boshida men bir qismini berganman, lekin kelisholmadik: 10 so‘mlik joyga 20 so‘m so‘radi. O‘sha payti uyga 105 ming dollar pul ketgan. 2000 yilda bu juda katta pul edi. Tog‘amdan hozir xafa emasman, baribir bizga o‘sha payti yaxshiligi teggan, lekin o‘sha paytda xafa bo‘lganman.

Uy juda chiroyli bo‘lgan, ikki qavatli uylar kam edi.  «A’lo-a’lo» degan klipim o‘sha uyda olingan. Xullas, kelishmovchilik bo‘ldi. Tog‘amga e, boring-ey, dedim. Aslida qarindoshchilikda bu narsa  noto‘g‘ri.

Tog‘am menga jahl qildi: Men senga shuncha yaxshilik qilganim uchun shunaqa dedingmi, deb sudga berib yubordi.

Uy ularning nomida edi. Sud bo‘ldi. Uy ular nomidaligi uchun sudda ular yutdi. Sudda tog‘am «Hovlimdan uyingni ko‘tarib chiq», dedi. Meni ham jahlim chiqqan: 30-40 ta usta yigitlarni Chorsudan olib borib, bir haftada uyni tekislatganman. Hamma narsalarni Hasanboyda yerim bor edi, o‘sha yerga ko‘chirtirganman.

O‘sha kuni uysiz qolganman. Uy ijaraga olib yashab turdik. Lekin Yaratganning sinovi. O‘sha payt ham namoz o‘qir edim, umuman tushkunlikka tushib qolmadim. Faqat Allohdan to‘g‘ri yo‘l so‘radim. Keyin bunday uylarning ko‘pini oldim.

Jahongir Otajonov

Kiritildi: 13:02 25.12.2020. O'qildi: 5700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!