Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ) hozircha xantavirusning keng miqyosda tarqalishiga ishora qiluvchi belgilar yo‘qligini ma’lum qildi. Tashkilot rahbari Tedros Adxanom Gebreyesusning aytishicha, global xavf darajasi hozircha past bo‘lib qolmoqda.
Shu bilan birga, u kelgusida kasallanish holatlari ko‘payishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Gebreyesus bu haqda Madridda Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan birga o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. U VOZ xantavirus holatlari haqida birinchi marta xabar berganidan buyon 10 kun o‘tganini ta’kidlab, Ispaniya hukumatining tezkor evakuasiya qarorini olqishladi.
Xabarda aytilishicha, infeksiya Niderlandiya bayrog‘i ostidagi MV Hondius kemasida qayd etilgan holatlar bilan bog‘liq bo‘lgan.