Bugun 9 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Jahon moliyaviy tizimi parchalanyapti, dollar esa “xavfli aktiv”ga aylangan

Jahon moliyaviy tizimi parchalanyapti, dollar esa “xavfli aktiv”ga aylangan

Jahon moliyaviy tizimi parchalanyapti, dollar esa “xavfli aktiv”ga aylangan. Bu haqda The Economist xabar berdi.

Britaniya nashrining yozishicha, dollar indeks o‘tgan yil yanvaridan buyon asosiy valyutalarga nisbatan taxminan 10 foizga pasaygan.

The Economist dollarga tahdid sifatida Qo‘shma Shtatlarning ulkan davlat qarzini va Trampning sanksiyalar bo‘yicha qat’iy siyosatini ko‘rsatadi. Bu siyosat dollarni universal zaxira valyuta sifatida qabul qilishga bo‘lgan ishonchni yemirmoqda.

"Shu bilan birga, yevroda qayta hisoblanganda, AQSh aksiyalari so‘nggi bir yil ichida investorlar uchun deyarli hech qanday daromad keltirmagan. Bu chuqur tizimli o‘zgarishlardan darak berishi mumkin", deyiladi maqolada.

Kiritildi: Bugun 09:07. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!