Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Jahon chempionati. Bugun 6 bokschimiz yarim final va bir bokschimiz final jangini o‘tkazadi

Jahon chempionati. Bugun 6 bokschimiz yarim final va bir bokschimiz final jangini o‘tkazadi

Angliyaning Liverpul shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati yakunlanib bormoqda. Bugun bir nechta vaznda yarim final janglari o‘tkazilsa, 3 ta vaznda final janglari bo‘lib o‘tadi.

Xususan, 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi yarim finalda ringga ko‘tarilsa, Fazliddin Erkinboyev o‘zining final bahsini o‘tkazadi.

Juftliklar bilan tanishing:

Yarim finallar:

-48 kg: Sabina Boboqulova - Nazim Kizaybay (Qozog‘iston) 16:00
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Lasha Guruli (Gruziya) 18:45
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Gabriel Veochich (Xorvatiya) 19:00
-51 kg: Feruza Kazakova - Buse Naz Chaqiroglu (Turkiya) 22:00
-70 kg: Aziza Zokirova - Lekeisha Pergoliti (Avstraliya) 23:00
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Michayel Fares Derouiche (Avstriya) 23:45

Final:
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kivan Rami (Bolgariya) 00:45

Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan birinchi dastur 16:00 da va kechki dastur 22:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 11:22 13.09.2025. O'qildi: 1152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!