Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

"Jahon bozori tayyor emasdi". Rossiyadagi yoqilg‘i inqirozi butun dunyoga tarqalmoqda

"Jahon bozori tayyor emasdi". Rossiyadagi yoqilg‘i inqirozi butun dunyoga tarqalmoqda

Ukraina dronlarining yirik neftni qayta ishlash zavodlariga (NQIZ) muntazam zarba berishi oqibatida yuzaga kelgan yoqilg‘i inqirozi endi Rossiyaning ichki muammosi bo‘lmay qoldi. Taqchillikni jilovlash uchun Moskva rasmiylari barcha turdagi yoqilg‘i, jumladan, dizel yoqilg‘isi eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qildi. Jahon bozori bunga nafaqat Rossiya yetkazib berishlariga qaram bo‘lgan mamlakatlarda, balki Yevropa Ittifoqida ham narxlarning oshishi bilan javob qaytardi.

Rossiyada benzin taqchilligi avval ham kuzatilgan, ammo hozirgi vaziyat miqyosi va davomiyligi bilan ajralib turadi. Birinchi marta dizel yoqilg‘isi taqchilligi haqida so‘z yuritilmoqda. An’anaga ko‘ra, Moskva ishlab chiqarilgan dizelning taxminan 40 foizini eksport qilgan.

Vortexa ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda u jahon dizel yoqilg‘isi eksportining taxminan 11 foizini tashkil etgan. Reuters agentligining yozishicha, endilikda Rossiyada dizel ishlab chiqarish ichki iste’mol darajasigacha qisqardi.

Buning oqibatlarini Rossiya neft mahsulotlarining asosiy xaridorlari bo‘lgan Turkiya, Braziliya, Marokash, Liviya, Gana va Tunis kuchliroq his qiladi. Energetika va toza havoni o‘rganish markazi eksperti Isaak Levi ta’kidlaganidek, bu davlatlar muqobil yetkazib beruvchilarni izlashga va ular uchun boshqa importyorlar bilan raqobatlashishga majbur bo‘ladi, natijada "narxlar butun dunyo bo‘ylab ko‘tariladi".

Ekspertlarning aytishicha, inqiroz cho‘zilishi mumkin. RAND tahliliy markazidan Maykl Bonertning bahosiga ko‘ra, agar shikastlangan NQIZlar ishi tiklanmasa, eksport cheklovlari oylar davomida saqlanib qoladi.

"Agar zarbalar davom etsa, Rossiya qaysidir nuqtada dizelning fizik taqchilligiga duch kelishi mumkin", — deydi ekspert.

Kiritildi: 16:01 19.07.2026. O'qildi: 6298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!