Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Jahon banki O‘zbekistonga 800 million dollar miqdorida imtiyozli kreditlar ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga 800 million dollar miqdorida imtiyozli kreditlar ajratadi

Jahon banki O‘zbekistondagi tarkibiy islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun 800 million dollar miqdorida imtiyozli kreditlar ajratishini ma’lum qildi.

«Ushbu islohotlar mamlakatning inklyuziv va barqaror bozor iqtisodiyotiga o‘tishini jadallashtirishga qaratilgan», — deyiladi tashkilot xabarida.

Jahon bankining mablag‘lari orqali quyidagi sohalardagi islohotlarda natijalarga erishish rejalashtirilgan:

1. Ijtimoiy himoya tizimi;
2. Gender zo‘ravonlikka qarshi kurash;
3. Fermerlarning qishloq xo‘jaligi yerlariga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini ta’minlash;
4. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;
5. Davlat moliyalarini boshqarish;
6. Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish;
7. Suv resurslarini boshqarish;
8. Atrof-muhit va iqlimga ta’sirni baholash;
9. Iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirishga investisiyalar;
10. Temir yo‘l sektori;
11. Energetika sektori.

Kiritildi: 12:45 05.10.2024. O'qildi: 1081 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!