Jahon banki O‘zbekistonda elektr ta’minotini yaxshilash dasturi uchun $100 mln imtiyozli kredit ajratdi.
Dastur doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ham $50 mln mablag‘ yo‘naltiradi.
150 mln.lik dastur doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
6 ming km past kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish va modernizasiya qilinadi;
250 MVA quvvatga ega 1 200 ta transformator yangilanadi;
150 mingta “aqlli” hisoblagich ulanadi;
4 mingta ma’lumotlar konsentratori o‘rnatiladi.
Dastur natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryoda elektr ta’minotini sezilarli yaxshilanishi kutilmoqda.