Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Izrailda Flydubai voqeasidan so‘ng Netanyaxu hukumatiga tanqidlar kuchaydi

Izrailda Flydubai voqeasidan so‘ng Netanyaxu hukumatiga tanqidlar kuchaydi

Izrailda Flydubai reysidagi xavfsizlik bilan bog‘liq voqeadan so‘ng bosh vazir Binyamin Netanyaxu hukumatiga nisbatan tanqidlar kuchaydi.

«Tasnim» xabar berishicha, «Isroil Hayom» nashri bir qator izraillik amaldorlar samolyotga pichoqsimon qurollar qanday kiritilgani bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirish talab qilayotganini yozgan.

Sobiq bosh vazir Naftali Bennet voqea yuzasidan yetarlicha tekshiruv o‘tkazilmayotganini tanqid qilib, transport vaziri Miri Regevdan javob talab qildi. U xavfsizlikdagi kamchiliklar uchun mas’ul shaxslar javobgar bo‘lishi kerakligini bildirdi.

Siyosatchi Gadi Eyzenkot ham Regevning iste’fosini va voqeani tekshirish uchun mustaqil komissiya tuzilishini talab qildi.

Bennet va Eyzenkot voqeani 2023 yil 7 oktyabrdagi xavfsizlikdagi kamchiliklar bilan bog‘ladi. Ular hukumatni mas’uliyatdan qochish va kamchiliklarni yetarlicha tekshirmaslikda tanqid qildi.

Mazkur bayonotlar Isroildagi navbatdagi saylovlar arafasida yangradi.

Kiritildi: 18:05 05.10.2026. O'qildi: 851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!