Turkiyaning Izmir shahrida 3 nafar polisiyachining yaralanishiga sabab bo‘lgan qurolli hodisaga aloqadorlikda gumon qilingan 11 nafar shaxs qo‘lga olindi.
Bu haqda turk OAVlari xabar bermoqda. Voqea yuzasidan tergov davom etmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlangan polisiyachilarning hayotiga hech qanday xavf yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, voqea 20 noyabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan.