Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Iyul oyidan Toshkentda 26 ta mahalla avtobus orqali metropoliten bilan bog‘lanadi

Iyul oyidan Toshkentda 26 ta mahalla avtobus orqali metropoliten bilan bog‘lanadi

Toshkent shahrida jamoat transporti yetib bormagan 26 ta mahallaga qo‘shimcha 12 ta avtobus yo‘nalishlari ochilib metropoliten yo‘nalishlari bilan bog‘lanadi. Bu haqda shahar Transport boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ulardan ilk avtobus yo‘nalish harakati joriy yilning iyul oyidan yo‘lga qo‘yilib, Yunusobod tumanining jamoat transporti yetib bormagan Tiklanish, Hasanboy va Hamkorobod mahallalari orqali Holis, Nurmakon, Yuqori Qoraqamish, Moyqo‘rg‘on, Axmad Donish ko‘chalaridan Yunusobod metrosigacha harakatlanadi.

Yangi tashkil etiladigan yo‘nalishda 3 ta avtobus harakatlanib, ularning oraliq intervali 12-13 daqiqani tashkil etadi.

Kiritildi: 19:29 21.06.2022. O'qildi: 1779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!