Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Italiyaning Arsenale Group kompaniyasi O‘zbekiston bilan turizm va logistika sohasida hamkorlik qilmoqchi

A A A
Italiyaning  Arsenale Group kompaniyasi O‘zbekiston bilan turizm va logistika sohasida hamkorlik qilmoqchi

Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Italiyaning “Arsenale Group” Bosh direktori Paolo Barletta bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Italiya tomoni turizm va logistika sohasida yaqin hamkorlik qilish bo‘yicha katta qiziqish bildirgan.

“III Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida «Arsenale Group» Bosh direktori Paolo Barletta bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Italiya tomoni turizm va logistika sohasida yaqin hamkorlik qilish bo‘yicha katta qiziqish bildirdi.

Umid qilamanki, taklif etilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi mamlakatimizga sayyohlarni yanada ko‘proq jalb etish va O‘zbekiston salohiyatini butun dunyoga tanitish imkonini beradi” deya yozib qoldirdi Mirziyoyeva.

Kiritildi: 16:47 03.05.2024. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!