Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Italiyalik mutaxassislar Behruz Karimov va Jaloliddin Masharipovning tiklanish jarayoniga baho berdi

Italiyalik mutaxassislar Behruz Karimov va Jaloliddin Masharipovning tiklanish jarayoniga baho berdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoa tibbiy shtabida faoliyat yuritayotgan italiyalik mutaxassislar Enriko Kastellachchi va Aldo Espozito futbolchilarning holati hamda tiklanish jarayoni haqida fikr bildirdi.

Enriko Kastellachchining ta’kidlashicha, terma jamoa futbolchilari hozirda yaxshi holatda bo‘lib, yuqori sur’atda mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

"O‘zbekiston milliy terma jamoasining bir qismi bo‘lish men uchun katta sharaf. Futbolchilarning umumiy holati a’lo darajada. Umid qilamizki, Jahon chempionatigacha jiddiy jarohatlarsiz yetib boramiz. Behruz Karimov va Jaloliddin Masharipovning tiklanish jarayoni ham muvaffaqiyatli o‘tdi. Ularning jarohatlari og‘ir edi, ammo ular bu bosqichni katta matonat bilan yengib o‘tishdi", — dedi mutaxassis.

Shuningdek, u mahalliy tibbiy shtab bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.

Aldo Espozito esa Jahon chempionati kabi nufuzli musobaqa oldidan futbolchilarning sog‘lig‘ini doimiy nazorat qilish muhimligini qayd etdi.

"Italiyada "Birlik — kuch" degan maqol bor. Biz mahalliy tibbiy shtab bilan bir-birimizni to‘ldirib ishlayapmiz. Futbolchilarning jismoniy holati, ovqatlanishi va uyqu rejimi doimiy nazoratda bo‘lishi kerak. Jahon chempionatida o‘yinlar yuqori sur’atda kechadi, shuning uchun ehtimoliy jarohatlarning oldini olish muhim ahamiyatga ega", — dedi Espozito.

Kiritildi: Bugun 14:31. O'qildi: 163 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!