Sisiliyadagi Kataniya aeroportidagi reyslar Etna vulqonining faolligi tufayli kul yog‘ishi sababli shanba kuni ertalabgacha to‘xtatiladi.
Bu haqda ANSA axborot agentligi xabar berdi.
Aeroport operatori SAC barcha qo‘nishlar 15 avgust kuni soat 2:00 gacha to‘xtatilishini e’lon qildi. Yo‘lovchilarga aeroportga borishdan oldin aviakompaniyalari bilan reyslarining holatini tekshirish tavsiya etiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgacha 700 dan ortiq reys bekor qilindi.
Evropaning eng baland va eng faol vulqoni bo‘lgan Etna tog‘i tez-tez Kataniya ayeroportida ishlarni to‘xtatadi, uning operatori may oyida kamida 51% ulushini sotishni boshladi.
Havo qatnovini to‘xtatgan Etna tog‘ining otilishi Sisiliyaning turizm sanoatiga 12,8 million yevrodan 24 million yevrogacha zarar yetkazishi mumkin.