Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Italiyada Usmonovning ehtimoliy aktivlari uchun sudlashilmoqda

Italiyada Usmonovning ehtimoliy aktivlari uchun sudlashilmoqda

O‘n nafar rossiyalik oligarx Italiyadagi muzlatilgan aktivlarini qaytarishni talab qilib, Lasio ma’muriy hududi sudga murojaat qildi. Da’vogarlar orasida o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov ham bo‘lishi mumkin, yozadi Italiya nashrlaridvn biri.

Da’vogarlarning advokatlari mulk aniq shaxslarga emas, balki ishonchli tashkilotlarga tegishli ekanligini ta’kidlamoqda. Bunday chizma bo‘yicha benefisiarlarni kuzatish qiyinroq.

Misol uchun, Usmonov bir nechta villalarga ega bo‘lgan Pauillac fondi bilan aloqada bo‘lgan. Uning manfaatlari himoyachilari milliarder tashkilotni nazorat qilmasligini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, Pauillac yuzlab mahalliy aholini ish bilan ta’minlash orqali Italiya iqtisodiyotiga hissa qo‘shdi.

Umuman olganda, nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Italiyada rossiyalik 28 oligarxning umumiy qiymati qariyb 2,7 milliard yevroga teng mol-mulki hibsga olingan. Gap villalar, yaxtalar, samolyotlar va kompaniyalar haqida bormoqda.

Aktivlarni muzlatishga ushbu shaxslarning Rossiya-Ukraina mojarosi tufayli Yevropa Ittifoqi (EI) sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgani sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 10:25 29.03.2023. O'qildi: 19829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!