Bugun 28 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Italiyada ukrainalik ayol o‘zini 4-qavatdan tashladi

Italiyada ukrainalik ayol o‘zini 4-qavatdan tashladi

Italiyaning Neapol shahrida 34 yoshli ukrainalik ayol o‘ldirildi. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, ayol shifoxonaning to‘rtinchi qavatidan tushib ketgan va olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. 30 avgust, dushanba kuni yuz bergan fojia tafsilotlari ilmattino.it nashrida ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayolning jasadi 29 avgust kuni kechqurun kasalxona yaqinida topilgan.

Manbaga ko‘ra, bir necha kun oldin ayol kataraktani olib tashlash bo‘yicha operasiya o‘tkazgan. Operasiya muvaffaqiyatli o‘tgan va bemor kuzatuv uchun oftalmologiya bo‘limiga yotqizildi. Shifokorlarning aytishicha, ukrainalik ayol hech narsadan shikoyat qilmagan.

Palatadagi qo‘shnilari aytishicha, bir kun oldin u o‘zini xotirjam tutgan va ruhiy bezovtalik alomatlarini sezmagan, u palatadagi qo‘shnilariga shikoyat qilmagan.

"U to‘satdan deraza oldiga bordi, uni ochdi va pastga sakradi", deyiladi xabarda.

Neapol polisiyasi Ukraina fuqarosining o‘limi bo‘yicha tergov boshladi. Hozirda shifokorlar va boshqa bemorlar so‘roq qilinmoqda.

Shuningdek, marhumning yaqinlarini qidirish ishlari olib borilmoqda. Polisiyaning dastlabki versiyasiga ko‘ra, ayol o‘z joniga qasd qilgan. Bunday qadamga nima sabab bo‘lishi mumkinligi o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 12:10 31.08.2021. O'qildi: 2517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!