Shimoliy Italiyada noqulay ob-havo davom etmoqda. Kun bo‘yi yomg‘ir yog‘ishi kuzatilgan. Bu ko‘chki va suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Suv sathi ko‘tarildi, daryolar qirg‘oqlaridan toshib ketdi va butun mahallalarni suv bosdi.
Vichensa hududida 65 yoshli ota va 21 yoshli o‘g‘il halok bo‘ldi. Ular ko‘ngilli bo‘lgan va fuqarolarga yordam berishgan, biroq Ano daryosidan o‘tayotganda ko‘prik qulab tushgan va erkaklar bilan mashinani oqim olib ketgan.
"Bu butun mintaqa uchun fojiali yo‘qotish. Ular yordam berishni xohlashdi va o‘zlari qurbon bo‘lishdi", dedi Veneto viloyati rahbari Luka Zaya.
Turin yaqinidagi Monteu da Po shahrida 92 yoshli sobiq duradgor o‘z uyida cho‘kib ketdi. Neapolda halokatda yana to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bir kishi tirik qolgan, ammo jiddiy jarohat olgan.
Turinda Italiyaning eng yirik daryosi Po toshib, shahar ko‘chalari va markaziy maydonlarini suv bosdi. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish xizmatlari vaziyatni kuzatib bormoqda.
Milanda ulkan daraxtlar to‘xtab turgan mashinalar ustiga quladi. Piedmont viloyatida esa butun tumanlar suv ostida qolgan.