Demokratik partiya, “Besh yulduz harakati” va “Yashillar va chap qanot alyansi” kabi muxolifat partiyalari 1967 yil chegaralari asosida Falastinni rasman tan olishni, Isroilni qoralashni, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni va Tel-Avivga qurol yetkazib berishga embargo joriy etishni talab qilmoqda.
Shuningdek, falastinlik mahbuslarni ozod qilish va Xalqaro jinoyat sudi qarorlarini ijro etish ham rezolyusiyada ko‘zda tutilgan. Muxolifat yetakchilari barcha partiyalarni ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.