Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Italiyada koronavirusga qarshi emlash kampaniyasini mafiya nazorat qilmoqda — OAV

Italiyada koronavirusga qarshi emlash kampaniyasini mafiya nazorat qilmoqda — OAV

Italiya mafiyasi koronavirusga qarshi vaksinalarni eng ko‘p muhtoj bo‘lganlardan tortib olyapti. Bu haqda Politico nashriga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Italiya parlamentining mafiyaga qarshi komissiyasi jinoiy guruhlarning qanday qilib keksa va zaif qatlam hisobiga o‘z sheriklari uchun vaksinalarni yo‘naltirayotganini tekshirmoqda.

Xususan, mutaxassislarni mamlakat janubidagi vaziyat qiziqtiryapti, u yerda mafiya tez-tez sog‘liqni saqlash organlarini nazorat ostiga oladi.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda vaksinasiyaning birinchi to‘lqinida ukollarni shifokorlar emas, balki «yaxshi aloqalari» bo‘lgan siyosatchilar, huquqshunoslar, sudyalar va jurnalistlar olgan.

«Kamida 1000 nafar gumonlanuvchi navbatni buzgani uchun Italiyaning turli polisiya organlari va prokuraturasi tomonidan tergov qilinmoqda, shu jumladan, ularning 150 nafari Palermoda. Sisiliyaning Korleone shahri meri o‘ziga va maslahatchilariga vaksinalar olish uchun lavozimini suiiste’mol qilganlikda ayblanganidan keyin iste’foga chiqdi», — deyiladi xabarda.

Bu esa mafiyaga qarshi parlament komissiyasini emlanganlarning ismlarini talab qilishiga undadi. Komissiya va mafiyaga qarshi kurash kampaniyasining uzoq vaqtlardan buyon a’zosi bo‘lgan Mario Jarussoning raqamlari shubhali bo‘lgan bir nechta janubiy hududlardan ismlar ro‘yxatini so‘ragani haqida nashrga ma’lum qildi.

«Hukumat tomonidan belgilangan alohida toifalarning hech biriga mansub bo‘lmagan odamlar emlanyapti, ayniqsa mafiya to‘dalari ko‘p bo‘lgan ba’zi hududlarda shunday vaziyat kuzatilmoqda. Biz vaksinasiya bilan mafiya shug‘ullanyapti, degan gumondamiz», — dedi Jarusso.

Avvalroq Neapolda Italiya mafiyasi bemor oldiga ketayotgan tez yordam mashinalariga sirenalarni o‘chirib yurishni va mayoqlarni yoqmaslikni buyurgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Mahalliy mafiya to‘dalariga tez yordam mashinalarining ovozi yoqmaydi, chunki u narkotik sotuvchilari va ularning mijozlarini qo‘rqitib yuboradi — ular yanglishib polisiya kelyapti deb o‘ylaydi.

Kiritildi: 10:48 12.04.2021. O'qildi: 2060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!