Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Italiya XJSning Netanyahuni hibsga olish to‘g‘risidagi qarori masalasida o‘zining G7 dagi ittifoqchilarini murosaga keltirishga erishmoqchi

A A A
Italiya XJSning Netanyahuni hibsga olish to‘g‘risidagi qarori masalasida o‘zining G7 dagi ittifoqchilarini murosaga keltirishga erishmoqchi

Bu haqda Il Messaggero nashri ma’lum qildi.

"Rim Yaqin Sharqdagi mojaro tugagunga qadar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olish uchun Xalqaro Jinoyat Sud tomonidan berilgan order ijrosini to‘xtatib turishga harakat qilmoqda", deb yozadi nashr G7 Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi yakunlariga asoslanib.

Gazetaning qayd etishicha, G7 davlatlarining bu boradagi pozisiyalari turlicha. Masalan, AQSh XJS yurisdiksiyasini tan olmaydi, Buyuk Britaniya esa o‘zining "xalqaro majburiyatlariga" amal qilishini bildirdi. Italiya esa XJSni qo‘llab-quvvatlaydi, ammo "qaror qonuniy asoslangan bo‘lishi va siyosiy tusga ega bo‘lmasligi kerak" deb hisoblaydi.

Kiritildi: Bugun 18:32. O'qildi: 411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!