Xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xalqaro uzum va vino tashkiloti (OIV) yig‘ilishida ishtirok etish uchun Italiyada bo‘lib turibdi. Bugun, mazkur Xalqaro uzum va vino tashkiloti (OIV) yig‘ilishiga start berildi.
🖇Unda dastlab, Italiya Prezidentining yig‘ilish ishtirokchilariga bevosita yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng tashkilotga a’zo davlat Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘zaro hamkorlik va istiqbolli loyihalar yuzasidan nutq so‘zladi.
📌O‘z navbatida, so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abdurahmonov mustahkam hamkorlik hamda O‘zbekistonda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar xususida so‘z yuritdi.
🖇Jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan barcha sohalar qatori uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish borasida olib borayotgan islohotlar alohida e’tirof etildi.
🔖Shuningdek, bir qator takliflar o‘rtaga tashlandi.
Binobarin, Uzumchilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan hamkorlikda yurtimizda uzum va vinochilikni rivojlantirish,
Uzumchilik va vinochilik yo‘nalishida xodimlar malakasini oshirish,
OIV tavsiyalari asosida milliy vino tanlovini o‘tkazish va hokazo.
📎Mazkur takliflar yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi va kelgusida hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar o‘rtaga tashlandi.