Universitet rektori Marina Brambilla Isroil universitetlari bilan aloqalarni boykot qilishni targ‘ib qilgan bir guruh Falastin tarafdori talabalar bilan uchrashganidan so‘ng Milan universiteti Isroilning Reyxman universiteti bilan talabalar va tadqiqotchilar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni to‘xtatdi.
Universitet ma’muriyati Yaqin Sharqdagi vaziyat yomonlashganini tilga olib, kelishuvni to‘xtatdi, deya xabar beradi Italiyaning ANSA axborot agentligi.
✊ Talabalar uyushmalari bu harakatni «g‘alaba» deb atagan va bunga talabalar va o‘qituvchilarning kuchli bosimi natijasida erishilganini aytishgan.
G‘arb dunyosidagi boshqa ko‘plab talabalardan o‘rnak olib, shu yil boshida universitet talabalari isroilliklarning G‘azo sektoriga hujumlari va universitetning Isroil ta’lim muassasalari bilan aloqalariga norozilik bildirish uchun kampusda chodir shaharcha tashkil qilishdi.