Italiya Ukraina uchun yangi harbiy yordam paketini tayyorladi.
Bu haqda “Il Messaggero” va “Defense Express” nashrlari xabar bermoqda .
Yordam M113 izli zirhli transportyorining italyancha versiyasi bo‘lgan VCC-2 Camilino bo‘lishi kutilmoqda.
Il Messaggero nashrining yozishicha, Italiya ham Ukrainaga operasiyalarni rejalashtirishga yordam beradigan “sun’iy yo‘ldoshli kuzatuv tizimi” bilan yordam berishi mumkin. Biroq, ushbu element haqida batafsil ma’lumot berilmagan.