Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Italiya Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifining asosiy voqealari boshlanmoqda

A A A
Italiya Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifining asosiy voqealari boshlanmoqda

Italiya Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifining asosiy voqealari boshlanmoqda.

Bugun, 10 noyabr kuni Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella va uning farzandi Laura Mattarella O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Oliy martabali mehmonlar majmua me’moriy yechimlari hamda kompozisiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.

Vatanimizning qadimgi tarixidan boshlab to bugungi kunga qadar, 3 ming yillik davr ichida yuz bergan eng muhim voqealarni o‘zida mujassam etgan ushbu majmua Italiya delegasiyasi a’zolarida katta taassurot qoldirdi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan.

Kiritildi: 11:21 10.11.2023. O'qildi: 1959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!