Bugun 6 mart, 2026 yil, juma

КИР

Italiya mudofaa vaziri: Isroil va AQSh xalqaro qonunlarni buzdi

Italiya mudofaa vaziri: Isroil va AQSh xalqaro qonunlarni buzdi

Italiya mudofaa vaziri Guido Krozettoning aytishicha, Isroil va AQShning Eronga qarshi amalga oshirgan hujumlari xalqaro huquq me’yorlaridan tashqariga chiqqan.

ANSA agentligi xabar berishicha, u bu haqda 5 mart kuni Deputatlar palatasida Yaqin Sharqdagi inqiroz bo‘yicha hisobot taqdim etish chog‘ida ma’lum qilgan.

«Bu, albatta, xalqaro huquqning buzilishi edi», — dedi vazir.

Krozettoning ta’kidlashicha, Isroil hujumi go‘yoki Eron oliy rahbarining pozisiyasi ma’lum bo‘lganidan keyin boshlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaro xalqaro hamjamiyat xabardor qilinmasdan boshlangan va hozir barcha uning oqibatlari bilan kurashmoqda.

Vazir, shuningdek, hozirgi asosiy vazifa Italiya va uning ittifoqchilari xohishiga qarshi boshlangan inqirozni boshqarish ekanini qayd etdi.

Kiritildi: 23:26 05.03.2026. O'qildi: 347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!