Italiya infratuzilmasiga rossiyaparast xakerlar hujum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Milan shahridagi Malpensa va Linate aeroportlari saytlarida NoName057 xakerlar guruhi "Italiyalik rusofoblar munosib kiberjavob oldi" degan xabarlarni qoldirdi. Bundan tashqari, Turin va Siyenaning transport tizimlari, Fedetrasporto transport federasiyasi va Italiya Tashqi ishlar vazirligi saytlari buzib kirildi.
Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik mutaxassislar hujumni ikki soat ichida bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishgan. Italiya Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani so‘nggi 3 kun ichida bu uchinchi xakerlik hujumi ekanligini ma’lum qildi va vazirlikda kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt bo‘yicha yangi boshqarma tashkil etishni, shuningdek, Italiya elchixonalarida xavfsizlik choralarini kuchaytirishni topshirdi.
NoName057 o‘zini "eng faol rossiyaparast xakerlar guruhi" deb ataydi.