Italiya harbiy-havo kuchlari samolyoti G‘azo aholisi uchun 15 tonnadan ortiq gumanitar yordam olib havoga ko‘tarildi.
Italiyaning markaziy Piza shahridan parvoz qilgan samolyot bortidagi yordam Confederazione Nazionale delle Misericordiye d’Italia xayriya guruhi tomonidan yig‘ilgan, deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.
«Italiya G‘azodagi tinch aholining azob-uqubatlarini yengillashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda va qilishda davom etadi», - dedi Mudofaa vaziri Gido Krosetto.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti G‘azo, ayniqsa shimoliy qismi - ocharchilik yoqasida ekanligidan ogohlantirgan, Isroil esa Falastinliklarga gumanitar yordam yetib borishiga to‘sqinlik qilganlikda ayblangan.