Bugun 24 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evropa mamlakatlari ommaviy migrasiya tufayli jahannam tomon ketmoqda

Evropa mamlakatlari ommaviy migrasiya tufayli jahannam tomon ketmoqda

AQSh prezidenti Donald Trampning BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi boshlandi va u bayonot bermoqda.

◾️ Yevropani noqonuniy migrantlar to‘lqini qamrab oldi va buni to‘xtatish uchun hech kim hech narsa qilmayapti. Londonda juda yomon mer bor. Shahar judayam o‘zgardi. Ular shariat qonunlarini joriy etishni istashmoqda;

◾️ Migrantlar bizning yaxshiliklarimizga o‘ldirish va zo‘ravonlik bilan javob berishmoqda. Har bir mamlakat o‘z chegaralarini himoya qilish, o‘z madaniyatiga ega bo‘lish huquqiga ega bo‘lishi kerak;

◾️ Nasroniylik eng ko‘p ta’qib etiladigan dinlardan biri. Nasroniylarni va G‘arbning o‘ziga xos qadriyatlarini himoya qilaylik;

◾️ So‘z va fikr erkinligi hamda diniy erkinlikni himoya qilishimiz zarur;

◾️ Iqlim o‘zgarishi haqidagi da’volar “barcha davrlardagi eng katta yolg‘on”. Uglerod izi — bu yomon niyatli odamlar tomonidan o‘ylab topilgan afsona, ular insoniyatni to‘liq yo‘q qilish yo‘lidan bormoqda;

◾️ Energetika muammolari va nazoratsiz migrasiya tufayli Yevropaning barbod bo‘layotganini ko‘rish men uchun og‘riqli;

◾️ Biz “yashil energetika” nomli afsonani bekor qilayapmiz. U haddan tashqari qimmat va mamlakatni energiya bilan ta’minlashga qodir emas;

◾️ Yevropa havoni toza qilish uchun zavodlarni yopayotgan bir paytda, boshqa mamlakatlar okean va havoga tonna-tonna chiqindilarni tashlamoqda;

◾️ BMT muammolarni yechmayapti, yangi muammolarni yaratyapti. Eng jiddiy muammo — noqonuniy migrasiya. BMT noqonuniy migrantlarni dunyoning boshqa burchaklaridan tinch mamlakatlarga kirishini moliyalashtirmoqda;

◾️ Qo‘shma Shtatlardagi noqonuniy migrantlarni hayvonlarga qiyoslash mumkin;

◾️ Men barcha davlatlarni biologik va yadro qurollarini ishlab chiqarishni to‘xtatishga chaqiraman. AQSh biologik qurollar ustidan xalqaro nazoratni boshqaradi;

◾️ Ukrainadagi mojaro AQShning avvalgi rahbariyati xatolari tufayli boshlangan;

◾️ AQSh Rossiyaga qarshi keskin bojlarni joriy etishga to‘liq tayyor, lekin bu bojlar samarali bo‘lishi uchun Yevropa mamlakatlari bizga qo‘shilishi kerak;

◾️ Yevropa Rossiyaga qarshi kurash olib borib, bir vaqtda uning energetik resurslarini xarid qilishda davom etolmaydi. Bu hiyonatdir;

◾️ NATO mamlakatlari Rossiyaning energetik resurslarini xarid qilishni to‘xtatishmadi, aslida ular o‘zlariga qarshi urushni moliyalashtirmoqda;

◾️ Yevropa yetakchilari bilan Rossiyaning energetik resurslari importini qisqartirish to‘g‘risidagi chaqiriqlarni muhokama qilaman;

◾️ Xitoy va Hindiston Rossiya bilan iqtisodiy hamkorliklari tufayli Ukraina mojarosining asosiy moliyalashtiruvchilari hisoblanadi;

◾️ Men BMTga AQShning hamkorlik qo‘lini uzatish uchun keldim. Biz birgalikda yanada xavfsiz va farovon dunyoni quramiz;

◾️ Men barcha masalada doimo haqman. Men voqealarni oldindan juda yaxshi ko‘ra olaman. Menda “Tramp hamma narsada haq”, deb yozilgan kepka bor.

Kiritildi: 23:08 23.09.2025. O'qildi: 1100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!