Palermo prokuraturasi Italiya bosh vazirining o‘rinbosari va transport vaziri Matteo Salvinini odam o‘g‘irlash va xizmat vazifasini bajarmaslikda ayblanib, olti yilga qamoq jazosiga hukm qilishni talab qildi.
Ayblovlar Salvini Italiya Ichki ishlar vazirligini boshqargan va 19 kun davomida O‘rta Yer dengizida qutqarilgan deyarli 150 noqonuniy muhojirga kemadan tushishga ruxsat bermagan 2019 yil voqealariga tegishlidir. Bu haqda Financial Times yozmoqda.
Italiya sobiq ichki ishlar vaziri ustidan sud jarayoni 18 oktyabr kuni boshlanishi rejalashtirilgan.
Janob Salvini 2018–2019 yillarda Ichki ishlar vazirligiga rahbarlik qilgan davrda migrasiya masalasida keskin pozisiyani egallagan. U «yopiq portlar» siyosatini joriy qildi, unda O‘rta yer dengizida noqonuniy muhojirlarni qutqaruvchi xayriya tashkilotlarining kemalari Italiya portlariga kiritilmadi.
Bo‘lajak sud jarayoni haqida paydo bo‘lgan xabarlarni sharhlar ekan, Salvini agar u yana o‘sha vaziyatga tushib qolsa, xuddi shunday qilishini aytdi. Uni Italiya bosh vaziri Jorjio Meloni va boshqa bir qancha vazirlar qo‘llab-quvvatladi.
Ilon Mask ham ushbu masala bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi va o‘z sahifasida: «Bu aqldan ozgan prokurorning olti yilga qamalishi kerak» deb yozdi.
Italiya qonunchiligiga ko‘ra, prokuratura tomonidan ko‘rsatilgan ayblovlar nafaqat qamoqqa olish, balki davlat lavozimlarida ishlashni taqiqlash ham mumkin.