Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Italiya, Bolgariya va Malta Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda Rossiya aktivlariga muqobil yechim izlashni taklif qildi

Italiya, Bolgariya va Malta Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda Rossiya aktivlariga muqobil yechim izlashni taklif qildi

Italiya, Bolgariya va Malta Belgiya tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishga muqobil variantlar izlashga chaqirdi. Bu haqda Euractiv va Politico nashrlari to‘rt davlatning qo‘shma bayonotiga tayana xabar berdi.

Bayonotda qayd etilishicha, ushbu davlatlar Yevroittifoqning Rossiya aktivlarini muddatsiz muzlatib qo‘yish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq Ukrainaning moliyaviy ehtiyojlarini qoplashda Yevropa va xalqaro huquqqa mos bo‘lgan boshqa mexanizmlarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidlaydi.

Belgiya avvaldanoq Rossiya aktivlarini (ularning katta qismi aynan shu mamlakatda joylashgan) Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishga qarshi chiqib kelmoqda. Bryussel bunday qadam moliyaviy va huquqiy xavflar keltirib chiqarishini uqtirmoqda.

Bloomberg manbalarining ma’lum qilishicha, AQSh ham ayrim Yevropa davlatlarini Rossiya aktivlaridan foydalanish rejasiga qarshi chiqishga ko‘ndirishga uringan. Vashington bunday qaror Moskva bilan tinchlik muzokaralari imkoniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan xavotir bildirgan.

Ma’lumot uchun, Yevroittifoqning 18–19 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitida Ukraina uchun reparasiya krediti masalasi asosiy mavzulardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 13:22 13.12.2025. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!