Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

IT kasblarni egallash yoshlar o‘rtasida trendga aylandi,- Prezident

A A A
IT kasblarni egallash yoshlar o‘rtasida trendga aylandi,- Prezident

Prezident mavzuni davom ettirdi:

“Buning hisobiga bugungi kunda IT-parklarda 14 ming nafar yoshlar yuqori daromadli ish joylari bilan ta’minlandi.

Shu bilan birga, o‘zini o‘zi band qilgan IT mutaxassislari soni yil boshidan 2,5 barobarga o‘sib, 43 mingga yetdi.

Joriy yilning o‘zida mamlakatimizda 134 ta yangi, jumladan 50 ta xorijiy IT kompaniyalari tashkil etildi, eksportchi korxonalar soni esa 2 baravarga oshdi.

So‘nggi uch yilda mobil internet narxi 9 baravarga arzonlashdi va xalqaro reytingda 15-o‘ringa ko‘tarildik (68-o‘rindan).

IT xizmatlari hajmi va eksporti bir necha barobarga o‘sdi.

Eng asosiysi, IT kasblarni egallash yoshlar o‘rtasida trendga aylandi".

Kiritildi: 14:43 29.07.2022. O'qildi: 2222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!