Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

IT-biznes uchun qanday imtiyozlar bor?

A A A
IT-biznes uchun qanday imtiyozlar bor?

AKT vaziri SH.Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi IT-kompaniyalarga bir qator soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etiladi:

➖ IT-Park rezidentlari hisoblangan IT-kompaniyalar 2028 yilgacha barcha korporativ soliqlardan ozod qilingan;

➖ IT-kompaniyalar eksport faoliyatini amalga oshirishda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan xodimlar bilan xorijiy valyutada hisob-kitob qilish imkoniyatiga ega;

➖ IT-Park rezidentlari qayerda joylashgan bo‘lishidan qat’i nazar, butun mamlakat bo‘ylab o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin;

➖ IT-Park rezidentlariga ishlash uchun ruxsatnoma olish tartibi bekor qilingan;

➖ xorijiy IT-kompaniyalar va IT-mutaxassislari uchun “IT-visa” olish uchun minimal miqdordagi hujjatlar talab qilinadi va bu jarayon 3 kun davom etadi;

➖ O‘zbekistonga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan IT-kompaniyalar zarur infratuzilma bilan ta’minlanadi.

Kiritildi: 12:30 25.03.2022. O'qildi: 2784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!