Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

ISW: Rossiya mart oyidagi saylovlar oldidan jang maydonida tashabbusni o‘z tomoniga og‘dirishga intilmoqda

ISW: Rossiya mart oyidagi saylovlar oldidan jang maydonida tashabbusni o‘z tomoniga og‘dirishga intilmoqda

Rossiya kuchlari kuz-qish mavsumining eng og‘ir ob-havo sharoitida frontning bir qancha sektorida keng qo‘lamli hujum amaliyotini boshlagan. Amerika urushni o‘rganish institutining (ISW) hisobotida qayd etilishicha, Rossiya tashabbusni o‘z tomoniga og‘dirish va uni 2024 yil mart oyida mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarigacha saqlab qolishga harakat qilyapti.

Hozirda Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi front chizig‘ining katta qismi, ayniqsa Xarkov va Lugansk viloyatlari chegarasi bo‘ylab, Baxmut hududi va Avdeevka tomon hujum amaliyotlarini o‘tkazmoqda. Ular Zaporojyening g‘arbiy qismida ham uzluksiz quruqlik hujumlarini boshlagan.

Ukraina harbiylarining rasmiy bayonotlariga ko‘ra, Rossiya kuchlari Xarkov va Lugansk viloyatlari chegarasida, Baxmut hududi va Avdeevka-Donesk bo‘ylab tashabbusni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan, Ukraina qo‘shinlari esa janubdagi muhim hududlarda nazoratni o‘zida saqlab qolmoqda.

Kiritildi: 16:52 10.12.2023. O'qildi: 1479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!