Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarayotgan sexlar aniqlandi

Iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarayotgan sexlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq, Oqdaryo va Kitob tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “Paxtaobod” va “Primkent” MFYda yashovchi fuqarolar R.SH., A.R. o‘z uylarining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil etib, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog‘ mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu sexlardan jami 263 litr qo‘lbola yog‘, 68 kg chigit va boshqa tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:00 24.04.2024. O'qildi: 556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!