Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holatlari fosh etildi

Iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Narpay va Payariq tumani bo‘limlari, DXX, IIB va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda, fuqarolar A.SH. va I.J. “Muqumiy” va “Ko‘paki” MFY hududlarida yashirin sex tashkil etib, yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, jami 145 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 3,7 tonna chigit va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:35 22.11.2024. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!