Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Xorazmda 137,6 mln so‘mlik iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Xorazmda 137,6 mln so‘mlik iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.SH. fuqaro X.T. tegishli noturar binoda ishlab chiqarish sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan, qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarni o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, umumiy bahosi 110 mln so‘mlik 10 turdagi jami 3 505 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va soliq boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Urganch shahrida yashovchi B.R. o‘ziga qarashli omborxonadan sotish masadida saqlab kelingan umumiy bahosi 137,6 mln so‘mlik jami 4 503 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:10 27.07.2024. O'qildi: 671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!