Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Istanbulga Ekrem Imamog‘luning partiyadoshi Nuri Aslan vaqtinchalik mer etib saylandi — Milliyet

Istanbulga Ekrem Imamog‘luning partiyadoshi Nuri Aslan vaqtinchalik mer etib saylandi — Milliyet

Istanbul shahar kengashi deputatlari tomonidan o‘tkazilgan ovoz berish natijasida amaldagi hukumatga muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasi a’zosi Nuri Aslan vaqtinchalik mer lavozimiga saylandi.

Instanbul shahar kengashida ko‘pchilik o‘rinlarga ega bo‘lgan Jumhuriyat xalq partiyasi (CHP) vakillari Nuri Aslan nomzodini 177 ovoz bilan qo‘llab-quvvatlashdi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Adolat va taraqqiyot partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Zaynulobiddin O‘qul saylovda 125 ovoz bilan mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbul meri Ekrem Imamo‘g‘lu korrupsiyada ayblanib hibsga olingan va o‘z lavozimidan chetlatilgan edi. Imamog‘lu 2028 yilda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Turkiya prezidentligi saylovida Erdo‘g‘anning asosiy raqibi hisoblanadi.

Kiritildi: 12:59 27.03.2025. O'qildi: 475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!