Joriy yil 13 aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi Istanbul metropolitenida ruxsatsiz tarzda Turkiya fuqarosi bo‘lgan ayol kishini suratga olgan. Shundan so‘ng Turkiya fuqarosi huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan. Oqibatda o‘zbekistonlik shaxs qo‘lga olingan va holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra natijada:
Bosh konsulxona aralashuvi natijasida mazkur fuqaroga nisbatan jinoiy javobgarlik bilan bog‘liq bo‘lmagan chora ko‘rilishiga erishilgan.
O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi Turkiya qonunlariga ko‘ra, boshqa shaxsni, ayniqsa ayollarni ularning roziligisiz suratga olish yoki videoga tushirish qat’iyan man etilishini hamda bu harakatlar jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkinligini qayd etgan.
«Hurmatli yurtdoshlar, Turkiyada bo‘lishingiz davomida mahalliy qonun-qoidalarga qat’iy rioya qiling. Begona shaxslarni ularning ruxsatisiz suratga va videoga olish yoki ularga noqulaylik tug‘diruvchi harakatlar sizga nisbatan jiddiy choralar ko‘rilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Huquqiy muammolarga yo‘liqmaslik uchun harakatlaringizda ehtiyotkor bo‘ling», deyiladi konsullik xabarida.
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ushbu manzilda (lokasiya) joylashgan. Konsulxona bilan bog‘lanish usullari va ko‘p beriladigan savollarning javobi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.