Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Isrol Tehrondagi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bosh qarorgohiga hujum qildi

Isrol Tehrondagi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bosh qarorgohiga hujum qildi

Isroil Mudofaa Kuchlari Tehron markazidagi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining (IIQK, Eron Qurolli Kuchlarining elit bo‘linmasi) markaziy shtab-kvartirasiga havo hujumi uyushtirilgani haqida xabar berdi.

Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati o‘zining Telegram-kanalidagi bayonotida e’lon qildi.

"Isroil armiyasi Tehron markazidagi bir qator hujumlar doirasida IIQKning asosiy shtab-kvartirasiga zarba berdi", deyiladi bayonotda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, IIQK ushbu shtab-kvartiradan turli bo‘linmalarning harakatlarini muvofiqlashtirish va operasion vaziyatni baholash uchun foydalangan.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!