Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroilning tibbiyot xodimlarini o‘ldirishi bo‘yicha mustaqil tekshiruv talab qilinmoqda

Isroilning tibbiyot xodimlarini o‘ldirishi bo‘yicha mustaqil tekshiruv talab qilinmoqda

- G‘azo fuqarolik mudofaasi va Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati 14 nafar falastinlik tez yordam xodimi va BMT xodimining o‘ldirilishi bo‘yicha mustaqil tergov o‘tkazishga chaqirdi. Ular o‘tgan oydagi vahshiyona qotillik bo‘yicha Isroil tomonidan o‘tkazilgan tergovni rad etdi.

- Yaman husiylarining aytishicha, AQSh kuchlari Yamandagi mashhur bozorni bombardimon qilib, kamida 12 kishini o‘ldirganidan so‘ng, ular AQSh aviatashuv kemalariga hujum qilgan.

- G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Isroil kuchlari so‘nggi 24 soat ichida G‘azoda 39 kishini o‘ldirgan. Isroilning G‘azoga qarshi urushi 18 oy oldin boshlanganidan beri 51 240 nafar falastinlik halok bo‘lgani va 116 931 nafari yaralangani tasdiqlangan. G‘azo hukumati axborot byurosi vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar halok bo‘lgan deb taxmin qilinayotganini aytib, umumiy qurbonlar sonini 61 700 dan oshganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 19:49 21.04.2025. O'qildi: 1114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!