Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Isroilning Suriyaga qarshi zarbalari keskin qoralanishi lozim

Isroilning Suriyaga qarshi zarbalari keskin qoralanishi lozim

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Isroil tomonidan Suriya hududiga amalga oshirilgan havo hujumlarini keskin qoralab chiqdi. Bu haqda vazirlik Es-Suvayda viloyatidagi vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot chog‘ida ma’lum qildi.

«Isroilning bunday harakatlari xalqaro huquq normalarini ochiqdan-ochiq buzishdir va Suriya Arab Respublikasi suverenitetiga tahdid soladi», — deyiladi TIV bildiruvida.

Moskvada Suriya janubidagi yangi zo‘ravonliklar bosqichi yuzasidan jiddiy tashvish bildirildi.

Rossiya tomoni ushbu hujumlarni mintaqadagi barqarorlikka tahdid sifatida baholar ekan, barcha tomonlarni xalqaro huquq va davlat suverenitetiga hurmat bilan yondashishga chaqirdi.

Kiritildi: 17:31 17.07.2025. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!