Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroilning qiruvchi samolyoti tasodifan o‘z xududiga bomba tashladi

Isroilning qiruvchi samolyoti tasodifan o‘z xududiga bomba tashladi

Isroil harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyoti texnik nosozlik tufayli G‘azo sektori yaqinidagi aholi punktlari yaqiniga tasodifan o‘q-dorilarni tashlab ketdi. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, o‘q-dorilar anklavga zarba berish uchun mo‘ljallangan edi.

"Bir muncha vaqt avval G‘azo sektoriga hujum paytida qiruvchi samolyotdan tushgan o‘q-dorilar texnik nosozlik natijasida Nir-Isxak hududidagi ochiq maydonga tushib ketgan”, — deyiladi xabarda.

Isroil armiyasi shuningdek hodisada hech kim jabrlanmaganiga aniqlik kiritdi. Bundan tashqari, hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda.

Avvalroq Xamas G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Isroil taklifini olganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 13:07 16.04.2025. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!