Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroilning propaganda boti nazoratdan chiqdi

A A A
 Isroilning propaganda boti nazoratdan chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Isroil pozisiyasini ilgari surish uchun yaratilgan FactFinderAI avtomatlashtirilgan akkaunti kutilmaganda Isroilni tanqid qila boshladi va unga qarama-qarshi qarashlarni tarqatdi.
🔹 Avvaliga bot BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam agentligi (BAPOR)ni Hamas bilan aloqadorlikda ayblagan.
🔹 Biroq keyinchalik u BAPORni falastinlik qochqinlarga yordam beruvchi muhim tashkilot sifatida maqtab, uning ahamiyatini e’tirof etdi.
🔹 Shuningdek, bot Isroil askarlarini «oq mustamlakachilar» deb atadi.


🔸 U AQSh sobiq davlat kotibi Entoni Blinkenga qarshi tanqidiy tvitga javoban:

«Bu odam G‘azada katta azob-uqubatlar va vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan harakatlari bilan esda qoladi»
— deb yozgan.


Hali aniq ma’lumot yo‘q, lekin FakeReporter tahlili botni Jewish Onliner bilan bog‘laydi. Bu esa Isroil hukumatining AI-dan foydalangan holda G‘aza urushida axborot urushini olib borish urinishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.


🔹 Isroil matbuoti xabariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri hukumat sun’iy intellekt dasturlariga yuz minglab dollar sarflagan.
🔹 Maqsad – internetda Isroil narrativini targ‘ib qilish va axborot urushida ustunlikni qo‘lga kiritish.

Hozircha botning bunday xatti-harakatlari xatolik yoki buzilish natijasimi yoki kimdir unga tashqaridan aralashganmi – noma’lum.

Kiritildi: 01:15 31.01.2025. O'qildi: 1317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!