Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroilning “Makkabi” va Turkiyaning “Beshiktosh” klublari o‘rtasidagi futbol uchrashuvi Vengriyadagi "neytral maydon"ga ko‘chirildi

A A A
Isroilning “Makkabi” va Turkiyaning “Beshiktosh” klublari o‘rtasidagi futbol uchrashuvi Vengriyadagi "neytral maydon"ga ko‘chirildi

Bu haqda Associated Press UEFA'ga tayanib yozmoqda.

Dastlab Yevropa ligasi doirasidagi o‘yin “Beshiktosh”ning Istanbuldagi uy stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq 7 noyabr kuni Amsterdamda “Ayaks” va “Makkabi” o‘rtasidagi o‘yindan keyin o‘nlab isroillik muxlislar hujumga uchragach, Turkiya hukumati o‘yinni mamlakatda o‘tkazmaslikka qaror qildi.

“Beshiktosh” ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida 28 noyabryu kuni Debresendagi stadionda bo‘lib o‘tadigan o‘yinga Vengriya mezbonlik qilishga rozi bo‘lgan yagona davlat ekani haqida xabar berdi. Vengriya hukumati xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘yinni tomoshabinlarsiz o‘tkazishni so‘ragan.

Kiritildi: 18:54 12.11.2024. O'qildi: 1222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!