Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroilning G‘azoga hujumlari: 38 falastinlik halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga hujumlari: 38 falastinlik halok bo‘ldi

Isroil armiyasining bugungi tongda G‘azo sektoridagi turli hududlarga qilgan hujumlari oqibatida 38 falastinlik halok bo‘ldi, shulardan 29 nafari gumanitar yordam kutayotgan tinch aholi edi.

Isroil G‘azoga bo‘lgan blokadani yanada kuchaytirib, gumanitar yordam yetkazilishini cheklamoqda, bu esa mintaqadagi gumanitar inqirozni yanada og‘irlashtirmoqda.

  • Rafah shahrida, AQSh va Isroil tomonidan muvofiqlashtiriladigan “G‘azo gumanitar jamg‘armasi” atrofiga to‘plangan falastinliklarga Isroil qo‘shinlari kuchli o‘t ochdi. Mahalliy aholi bu joyni “o‘lim tuzog‘i” deb atashadi. Hujumda 29 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar yaralandi.

  • Xan-Yunusda vaqtincha yoshiringan odamlar palatkalariga qilingan hujum natijasida 2 kishi halok bo‘ldi.

  • G‘azoning sharqida Et-Tabiyn maktabi yaqinidagi palatkalarga qilingan hujumda 7 kishi halok bo‘ldi, yana 17 kishi yaralangan.

  • Shuningdek, “Ash-Shifo” kasalxonasi yaqinidagi turarjoy binosiga havo hujumi uyushtirildi, jarohatlanganlar bor.

Kiritildi: 14:30 19.07.2025. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!