Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 12 falastinlik halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 12 falastinlik halok bo‘ldi

Isroil armiyasining 17 sentyabr, chorshanba kuni ertalab G‘azo sektoriga qilgan hujumlari natijasida kamida 12 falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda Anadolu mahalliy manbalarga tayanib xabar berdi.

Isroil havo kuchlari anklav shimolidagi G‘azo shahrini shiddat bilan bombardimon qilmoqda.

  • Tall al-Hava mahallasida turar-joyga havo zarbasi berilib, 3 kishi, jumladan bir ayol halok bo‘ldi.

  • G‘arbiy Rimal mahallasidagi hujumda yana bir ayol va uning kichik qizi qurbon bo‘ldi.

  • Shahar markazidagi “Falastin” stadioni yaqinidagi zarbada bir necha bola yaralandi.

  • An-Nafaq xiyobonidagi binoga berilgan zarba natijasida imorat vayron bo‘lib, ko‘plab odamlar jarohat oldi.

Anklav markazidagi Nusayrat qochqinlar lagerida joylashgan uyga berilgan havo zarbasi oqibatida bir oila — homilador ayol, uning turmush o‘rtog‘i va farzandi halok bo‘ldi.

Ayn Jalut hududida esa «evakuasiya» ogohlantirishidan ko‘p o‘tmay berilgan zarba ko‘plab falastinliklarni yaraladi.

Xon Yunus shahrida Isroil vertolyotlari ko‘chirilgan falastinliklar turgan chodirlarga zarba berdi. Bir oiladan 3 kishi halok bo‘ldi, yana ko‘plab odamlar jarohat oldi. Shuningdek, al-Mavasi hududida Isroil zirhli texnikalari o‘t ochishi natijasida bir falastinlik bola halok bo‘ldi.

Kiritildi: 14:00 17.09.2025. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!