Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Isroilning G‘azodagi tajovuzlari yuzasidan beshta davlat Xalqaro jinoiy sudga murojaat qildi

Isroilning G‘azodagi tajovuzlari yuzasidan beshta davlat Xalqaro jinoiy sudga murojaat qildi

Besh davlat Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi hujumlarini tergov qilishni talab qilib, Xalqaro jinoiy sud prokuraturasiga murojaat qildi.

Bu haqda XJS saytidagi xabarda aytiladi.

Bu talab Bangladesh, Boliviya, Jibuti, Komor orollari va Janubiy Afrika tomonidan qilingan.

Bayonotda qayd etilishicha, Rim statutiga muvofiq, ishtirokchi-davlat boshqa ishtirokchi davlat hududida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish uchun XJS prokuraturasiga murojaat qilishi mumkin.

2021 yil 3 martdan boshlab XJS 2014 yil 13 iyundan beri G‘azo sektori va G‘arbiy Sohilda sodir etilgan sud yurisdiksiyasi doirasidagi jinoyatlarni tergov qilmoqda.

Kiritildi: 23:15 18.11.2023. O'qildi: 2591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!