Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroilning G‘azodagi harakatlari genosid deb tan olindi

Isroilning G‘azodagi harakatlari genosid deb tan olindi

Genosid olimlari xalqaro assosiasiyasi (AQSh) Isroil rasmiylarining G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarini genosid deb atadi.

“Isroil siyosati va harakatlari 1948 yilda qabul qilingan Genosidning oldini olish va jazolash Konvensiyasi II moddasidagi mos keladi. Xususan, Isroil harbiy kuchlari maktablar, universitetlarni vayron qilgani, tibbiyot va gumanitar soha xodimlariga ataylab hujum qilgani, G‘azo sektoridagi 2,3 million falastinlikni bir necha bor ko‘chishga majbur qilgani”, - deyiladi rezolyusiya matnida.

Uyushma Isroilni G‘azo sektorida falastinliklarga qarshi genosid, urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Avvalroq, Isroil havo hujumi natijasida G‘azo sektori markazidagi Al-Manasra qochqinlar lageri butunlay vayron bo‘lgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 21:47 01.09.2025. O'qildi: 890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!