Isroilning G‘azo sektori shimolidagi shifoxonaga bergan zarbasi oqibatida 65 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Ularning aksariyati ayollar va bolalardir. 100 dan ortiq odam jarohatlangan.
Vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida hali ham ko‘p odamlar bor. Al Jazeera telekanaliga ko‘ra, Isroil askarlari hududni qamal qilgani uchun ularni qutqarib qolishning imkoni yo‘q.
Bu Qo‘shma Shtatlar G‘azoda BMTning o‘t ochishni to‘xtatish rezolyusiyasini beshinchi bor bloklaganidan keyin sodir bo‘ldi.
Avvalroq Isroil armiyasi Falastin anklavidagi Nusayrat qochqinlar lageriga zarbalar bergan edi. The Associated Press xabariga ko‘ra, 15 kishi halok bo‘lgan.