Bugun G‘azo sektorining markaziy qismidagi Deyr al-Balahga Isroilning ikkita havo hujumi natijasida yetti kishi, jumladan, XAMASning yuqori lavozimli amaldori halok bo‘ldi.
Bu haqda Al Arabiya XAMAS manbasiga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, halok bo‘lganlardan biri guruhning Deyr al-Balahdagi qurolli qanotining mahalliy qo‘mondoni Muhammad al-Xuli bo‘lgan.
Tibbiy mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lgan olti kishi orasida 16 yoshli bola ham bor.
Isroil harbiylari va XAMAS hali bu masala bo‘yicha rasman izoh berishmagan.